Каталог :: Страхование

Реферат: Инвестиции страховых компаний

O’zbekiston Aloqa va Ahborotlashtirish Agentligi
Toshkent Axborot Tehnologiyalari Universiteti
Fundamental Fanlar Fakulteti
Iqtisodiyot Kafedrasi
Sug’urta ishi
121-03 Mu
     
Mavzu: Sug’urta kompaniyalarining investitsion imkoniyatlaridan
axborotlashtirish sohasida foydalanish
                                                      Tekshirdi: Aminova Gulnora
                                                       Bajardi:     Tairov Samir
Toshkent 2004.
Sug’urta kompaniyalarining investitsion imkoniyat laridan axborotlashtirish
sohasida foydalanish.
                                      Reja:                                      
1.   Kirish:
a)   Investistsiya, sarmoya tushunchasi;
b)   Sug’urta kompaniyalari mablag’lari miqdori va manbalari.
c)   Axborotlashtirish sohasi.
2.   Asosiy qism:
a) Sarmoya kiritishning sug’urta kompaniyasi uchun                       va
aloqa sohasiga samarasi.
b) Investitsiyaning imkoniyatlari va qo’llanish doirasi.
c) Amaliyotga tatbiqi.
3.   Xulosa:
a)   Investitsiyaning ahamiyati.
     "Bugungi kunda informatsiya tizimini shakllantirish jarayonida Internet va
boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa, muhim ahamiyatga
ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat
kasb etadi".
                                                      O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti
                                                      I.A.Karimov
I.
a)Investistsiya, sarmoya tushunchasi;
Investitsiya- bu ma’lum miqdorda pul malag’lariga ega bo’lgan ho’jalik
sub’ektlarining foyda olish maqsadida pul mablag’larini ma’lum korhonalarga
yoki yangi ish boshlashni ko’zlagan holda biror tarmoq miqyosiga kiritilishi
tushuniladi.
Sarmoya esa investitsiya so’zini o’zbek tilida tarjimasidir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishda tarmoqlarning rivojiga investitsiyalarning
o’rni juda kattadir. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat hamma ham
tormoqlarni birdek qo’llab-quvvatlay o’lmaydi. Demak, ularning yagona moddiy
manbalari bu tashqaridagi sarmoyadorlar hisoblanadilar. Ularning katta qismi
rivojlangan davlatlardagi sarmoyadorlaridir. Lekin hozirda O’zbekistonnig
ayrim korhonalari ham sarmoyadorlik imkoniyatlariga ega bo’lib qoldi.
b)Sug’urta kompaniyalari mablag’lari miqdori va manbalari.
Bu tashkilotlar asosan moliyaviy institutlardir. Ularning eng asosiylari bu
sug’urta kompaniyalaridir. Sababi, sug’urta fondlari juda katta pul
mablag’lariga egadir. Bu sug’urta kompaniyalariga sarmoya kiritish,
investitsion imkoniyatlarini yaratadi. Albatta bunday faoliyat kompaniya
nizomida ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Mahalliy sug’urta kompaniyalarining
investitsion imkoniyatlari chet-ellik investorlarinikidan afzalroq.
Chunkichet-eldan kirib kelgan sarmoya deyarli qarz deganidir, ya’ni har bir
kiritilgan yangi sarmoya albatta uning egasiga bir kun kelib qaytarilishi
kerak. Hozirda O’zbekistonda sarmoyalarga keng imkoniyatlar yaratib
berilmoqda. Hukumat oddiy individlardan ko’ra katta investorlarga e’tiborini
ko’proq qaratib, ularning ish yuritishlari uchun keng miqyosda shart-
sharoitlar yaratilib berilmoqda.Buning albatta oz’ sabablari mavjud. Masalan:
investitsiya hisobidan O’zbekistonga kirib kelayotgan katta miqdordagi
horijiy valutalar iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi, inflyatsiya darajasini
pasaytiradi.
c) Axborotlashtirish sohasi.
Axborotlashtirish deganda nafaqat telekomunikatsiya tizimlari, balki axborot
tehnologiyalari hamda vositalari ham tushuniladi.bugungi kunga kelib butun
dunyo bo’ylab “kompyuter revolutsiya” si davom etib kelmoqda. Hususan
O’zbekistonda ham bu jarayon jadal rivoj topa borayapti. Bu sohaning
samaradorligi ko’pgina sarmoyadorlarni o’ziga jalb qila olmoqda. Jahon
bozorining talabi bilan barcha mavjud korhona va tashkilotlar
avtomatizatsiyalashgan tizimga o’ta bormoqda. Bu o’z vaqtida
axborotlashtirish hizmatlariga bo’lgan talabni tobora ortirmoqda.
Axborotlashtirish tarmog’iga quyidagi turdagi korxonalar kiradi:
1)   uyali aloqa hizmatlarini ko’rsatuvchi korxonalar
2) internet tarmog’iga ulash hizmatlarini ko’rsatuvchi
korhonalar
3) pochta hizmatlarini ko’rsatuvchi korxonalar radio va     4)  television
uzatish tashkilotlari
5)  dasturiy ta’minotlar ishlab chiqaradigan korxonalar
va  boshqalar.
2. Asosiy qism
a) Sarmoya kiritishning sug’urta kompaniyasi uchun                       va
aloqa sohasiga samarasi.
Hozirda rivojlanib borayotgan davlatlar bir birlari bilan raqobatlashgan
holda horijiy investorlarni ozlariga jalb qilmoqdalar. Bularning ichida
O’zbekiston ham bor. Albatta investorlarning miqdori iqtisoqiyotning hamma
sohalariga birdek taqsimlanmaydi. Chunki sarmoyador o’ziga iloji boricha
foydaliroq sohani tanlashga harakat qiladi. Bundan kelib chiqqan holda,
korxonalar faqatgina horijiy investoralrga tayanib qolmasdan mablag’ jalb
etishning boshqa yo’llarini ham qidirishi lozimdir. Bundan tashqari sohaning
butunlay horijiy korxonalarga bog’liq bo’lib qolishi xalq ho’jaligimiz uchun
noqulaydir.
Hususan aloqa sohasiga hozirda horijiy firmalarning integratsiyasi juda katta
salmoqlar bilan davom etib kelmoqda. Buning albatta salbiy tomonlari mavjud.
Chunki bu investorlarlar sohaning faqatgina rentabellik tomonlarini
egallamoqdalar. Masalan: uyali aloqa sohasi. Pochta hizmati sohasi kabi
sohalar esa e’tibordan chetda qolib ketmoqda. Bu sohani butunligicha
rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda.
Bu borada mahalliy sarmoyador ko’proq ma’lumotlarga egadir. Biz tahlil
qilayotgan ikki o’bektga keladigan bo’lsak axborotlashtirish uchun sug’urta
kompaniyasidan sarmoya qabul qilishining foydaligi shundaki tarmoq bu
sarmoyani hali rivoj topmagan sohasiga jalb eta olish imkoniyatiga egadir,
sug’urta kompaniyasi esa bo’sh yotgan mablag’larini samarali ravishda
ishlatgani holda yana davlat kafolatlariga ega bo’ladi, ya’ni oz
mablag’larini behuda sarflamasligiga ishinchi komil bo’ladi.
b) Investitsiyaning imkoniyatlari va qo’llanish doirasi.
Yoqorirda pochta hizmati sohasini etarli darajada rivojlanmagan deb ta’kidlab
o’tdim. Investitsiyaning imkoniyatlari va qo’llanish doirasi aynan shu soha
miqyosida misol keltirib o’taman.
O’zbekistonda pochta hizmatini ko’rsatadigan yagona milliy  korxona mavjud. U
ham bo’lsa “O’zbekiston pochtasi DAJ”dir. Albatta hech bir milliy sug’urta
kompaniyasining  sarmoyasi “TNT” , “FedEX”,  “DHL” kabi yirik xalqaro pochta
hizmatini ko’rsatuvchi korhonalar yaratishga etmaydi. Lekin O’zbekiston
Pochtasi DAJ iga analog sifatida korxonalar yaratish mumkin va bu
korxonalarni O’zbekiston miqyosida yoki MDH miqyosida ishlatish mumkindir.
Investitsiyalarni yana bir samarali ishlatish mumkin bo’lgan yana bir soha bu
dasturiy ta’minotlar ishlab chiqarish sohasidir. Ozbekistonda bunday
korxanalarni qo’lda sanasa bo’ladi. Sababi ular lisenziyasi va kadrlari juda
qimmat turadi. Chinki ishlab chiqilgan dasturlar ko’pincha uzoq muddatga
mo’ljallangan bo’ladi. Demak bu dasturga doimiy ravishda hizmat ko’rsatib
turish kerak bo’ladi. Shuning uchun ko’p dasturchilar yakka tartibda ish olib
boradilar. Biror yirik korxonaga katta dasturlar kerak bo’lib qolsa, bu
korxona har xil joylardan dasturchilarni qidirib yuradi.
Mening fikrimcha agar mana shu sohaga sarmoyalar jalb qilinsa, ular albatta
samara beradilar.
c) Amaliyotga tatbiqi.
Amaliyotga tatbiqi sifatida O’zbekinvest investitsiya kompaniyasining bu
boradagi ishlari haqida internetdan olingan ma’lumotlarni keltiraman.
     

«O`zbekinvest SARMOYALARI»

«O`zbekinvest SARMOYALARI» Investitsiya kompaniyasi 1997 yil 25 mayda «O`zbekinvest» eksport-import Milliy sug`urta kompaniyasi tomonidan moliya bozorida kompaniya aktivlarini samaraliroq joylashtirish hamda sug`urta kompaniyalarining va investorlarning qimmatbaho qog`ozlar bozorlarida investitsion faolligini oshirish imkoniyatini yaratish maqsadlarida tashkil etildi.

Investitsiya kompaniyasining asosiy vazifasi bo`lib O`zbekiston Respublikasida hamda undan tashqarida o`zining va ta'sischlarining jalb etilgan pul mablag`larini davlat va korporativ qimmatbaho qog`ozlariga investitsiya qilish, uning filiallari va boshqa investorlarining moliyaviy salohiyatini oshirish hisoblanadi.

Faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib quyidagilar hisoblanadi:

• brokerlik

• dilerlik

• anderrayterlik

• nominal saqlovchilik.

O`z faoliyatining boshidanoq kompaniya qimmatbaho qog`ozlar bozorida faol ishtirok etib, Qimmatbaho qog`ozlar bozorining faoliyatini tartibga solish va nazorat etish markazining investitsiya kompaniyasi, investitsiya vositachisi, nominal saqlovichisi sifatida faoliyat ko`rsatishga huquq beruvchi litsenziyasiga ega. Shuningdek qimmatbaho qog`ozlar bozori mutaxassislarini tayyorlash Milliy markazining "Ko`chmas mulk bilan operatsiyalar" kursi bo`yicha sertifikati mavjud. Kompaniya "Toshkent" Respublika Fond Birjasida 241-sonli brokerlik idorasiga, shuningdek Respublika va Shahar munitsipal ko`chmas mulk birjalarida brokerlik joylariga ega.

«O`zbekinvest SARMOYALARI»

"O`zbekinvest Sarmoyalari" Investitsiya kompaniyasi O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan Davlat qisqa muddatli obligatsiyalar bozorida dilerlik vazifasini bajarish uchun shartnoma tuzgan bank tizimiga kirmagan yagona tuzilma hisoblanadi.

Faoliyatining asosiy yo`nalishlari:

• mablag`larni qimmatbaho qog`ozlarga qo`yish;

• O`z nomidan va hisobidan, jumladan qimmatbaho qog`ozlarning baholarining o`zgarishlari va mijoz mablag`lari hisobiga oldi-sotdi amallarini bajarish;

• qimmatbaho qog`ozlar bozorida vositachilik, o`z ichiga quyidagilarni oladi:

a) dilerlik faoliyati - ushbu qimmatbaho qog`ozlar sotib olish va (yoki) sotish bahosini e'lon qilgan holda e'lon qilingan baholar bo`yicha oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish;

b) brokerlik faoliyati - topshiriq yoki komissiya shartnomalari asosida faoliyat yurituvchi vakolatli shaxs yoki komissioner sifatida qimmatbaho qog`ozlar bilan fuqarolik-huquqiy bitimlarni tuzish;

«O`zbekinvest SARMOYALARI»

v) qimmatbaho qog`ozlarning nominal saqlovchisi faoliyati -qimmatbaho qog`ozlarning egasi bo`lmagan holda boshqa shaxsning (qimmatbaho qog`ozlar egasi yoki boshqa vakolatli saqlovchi) topshirig`iga ko`ra o`z nomidan aktsiyalarni saqlovchi shaxs;

g) anderrayterlik xizmatlari (qimmatbaho qog`ozlarni chiqarishda, tarqatishda va bahosini shakllantirishda ko`maklashish);

d) korporativ qimmatbaho qog`ozlar bilan birjada va birja tashqarisida amalga oshiriladigan bitimlarni kuzatib borish bo`yicha xizmatlar taqdim etish;

e) ko`chmas mulk bozorida xizmatlar ko`rsatish.

Investitsiyalarni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari:

• davlat qimmatbaho qog`ozlari;

• korporativ obligatsiyalar;

• quyidagi idora, uyushma va kompaniyalarning emitentlarining aktsiyalari:

a) O`zbekneftgaz;

b) O`znonmahsulot;

v) Qishloq va suv xo`jaligi Vazirligi;

g) Tashqi iqtisodiy aloqlar Agentligi;

d) O`zyog`moytamakisanoat;

e) Energetika Vazirligi;

j) O`zpaxtasanoat;

z) Kimyo sanoati Vazirligi;

i) Yuk tashish agentligi;

k) O`zfarmsanoat;

l) O`zqurilishmateriallari.

m) O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi

"O`zbekinvest Sarmoyalari" tashkil etilgan paytdan buyon «O`zbekinvest» sug`urta kompaniyasining o`zi hamda boshqa investorlarning aktivlarini jalb etish orqali O`zbekiston Respublikasining xususiylashtirish dasturini amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Bugungi kunga kelib kompaniya qimmatbaho qog`ozlar bozorida o`z strategiyasini aniq belgilab olib, moliya bozorini sifatli tahlil etish, bozor infratuzilmasining o`zgarishlariga tez aks harakat qilish, likvidlikni ushlab turish, daromadning ortishi va qo`yilmalarning qaltisligini kamaytirish, har bir mijozga malakali yondashish, moslashuvchan sharoitlarda belgilanadigan past tariflar va komission yig`imlardan iborat.

«O`zbekinvest SARMOYALARI»

«O`zbekinvest SARMOYALARI»

"Toshkent" Respublika fond birjasining amaliyotlar zalida jismoniy va yuridik shaxslarga Aktsiyadorlik jamiyatlarining, korxonalarning korporativ obligatsiyalarini sotib olish bo`yicha brokerlik xizmatlarini ko`rsatish uchun Kompaniyaning Front-ofisi ochilgan.

2002 yildan buyon Kompaniya “Carthill Assets Management Company” Xalqaro emissiya sindikatining hamda Invetitsiya institutlari Milliy Uyushmasining a'zosidir. Kompaniya O`zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki, Xalqaro emissiya sindikati hamda boshqa investitsiya institutlari va banklari ishlab chiqqan dasturlarda O`zbekiston Respublikasi emitentlarining korporativ obligatsiyalarini joylashtirish bo`yicha anderrayter bo`lib ishtirok etadi.

Davlat vakolatiga ega O`zbekiston Respublikasi Qimmatbaho qog`ozlar bozorining faoliyatini tartibga solish va nazorat etish markazi tomonidan 2002 yil yakunlariga ko`ra "O`zbekinvest Sarmoyalari" Investitsiya kompaniyasi "Yilning eng yaxshi kompaniyasi" deb tan olindi.

Bizning hamkorlar:

• "Toshkent" Respublika fond birjasi

• O`zbek Respublika valyuta birjasi

• Respublika ko`chmas mulk birjasi

• Markaziy depozitariy

• "Davinkom" Davlat investitsion kompaniyasi

• "Carthill Assets Management Company" Xalqaro emissiya sindikati

• "Vaqt" ikkilamchi bozor depozitariysi

• "Elsis-Kliring" hisob-kliring palatasi

Hususan bu kompaniyaning faoliyatidagi ahamiyatli tomonlaridan uning yangi sug’urta polisini ochganligini keltirish mumkin. Bu ham bo’lsa O’zbekinvest kompaniyasining SARKOR telekom kompaniyasi bilan hamkorlikdagi loyihasidir. Bunda Sarkor telecom kompaniyasining internet kartaliri bilan birgalikda O’zbekinvest kompaniyasining sug’urta polislarini sotishdir. 3. Xulosa. Investitsiyaning ahamiyati. Shunday qilib investitsiya iqtisodiyotning qolgan barcha tarmoqlaridagi singari axborotlashtirish sohasida ham muhim o’rin egallaydi. Albatta investitsiyaning samaradorligini oshirish uchun juda puhta o’ylangan investitsiya siyosatini yuritish kerak. Chunki hozirda investitsiyalash bilan bog’liq qator muammolar aynan siyosiy-ijtimoiy qiyinchiliklar tufayli yuz bermoqdalar. Investitsiyaning axborotlashtirish sohasidagi imkoniyatlari juda keng. Ulardan maksimal darajada foydalanish uchun qonunlarni va yurboshimiz bo’lmish muhtaram prezidentimiz I.A Karimovning ishlab chiqqan farmon va buyruqlarini mukammal bilishimiz zarur.