Каталог :: История

Курсовая: История Бахтиёра

             O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI             
                JAHON IQTISODI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI                
                       “SIYOSATSHUNOSLIK” KAFEDRASI                       
                                                                              
     KURS ISHI
     
        Mavzu:Birinchi jahon urushi davrida xalqaro munosabatlar         
                                              Tayyorladi:Sultonov B.N.3-1a-00,XM
                                           Tekshirdi:T.f.d.,prof., Farmonov R.F.
                              TOSHKENT-2003                              
                                Mundarija                                
     1.
Kirish.........................................................................
                                      3                                      
     2.     Urushning sabablari.................................................. 4
     3.     Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari............ 5
     4.     Germaniyaning bosqinchilik rejalari........................ 7
     5.     1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar............... 8
     6.     Bolgariyaning urushga qo’shilishi............................ 12
     7.     Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya.................. 14
     8.     Birinchi jahon urushining yakunlanishi.................... 17
     9.
Xulosa.......................................................................
18
     10.
Foydalanilgan
adabiyotlar       19
                                  Kirish                                  
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida keskinlashgan dunyoni  qaytadan bo’lib
olish uchun bo’lgan kurash Evropa davlatlarining ikki guruhi shakllanishiga
olib keldi.Birinchi guruhda Germaniya boshchiligidagi Avstro-Vengriya,
Turkiya va Bolgariya bor edi. Ikkinchi  guruhga esa Angliya, Franciya, chor
Rossiyasi kirgan edi. Keyinroq unga Italiya, Amerika Qo’shma Shtatlari  va
boshqa davlatlar  qo’shildilar.
Davlatlarning mazkur ikki guruhi o’rtasida  mustamlakalarni bo’lib olish,
ta’sir doiralarini qaytadan taqsimlash va XX asr boshlarida  vujudga kelgan
kuchlarning yangicha o’zaro nisbatiga mos ravishda yangi jaxon tartiblarini
qaror toptirish uchun kurash borar edi. Bu shiddatli  va ayovsiz  kurashning
o’ziga xos xususiyati shunda ediki, u milliy manfaatlar uchun emas, balki
hali bo’lib  olinmagan yerlarni qo’lga kiritish uchun intilayotgan yirik
sarmoya egalarining manfaati uchun olib borilmoqda edi. Bu – dunyoni qaytadan
bo’lib olish, ulkan daromad va jahon bozorida alohida imtiyozlarga ega
bo’lish uchun kurash edi.
1914 yil yozida Germaniya qayta qurollanish bo’yicha Antanta mamlakatlarini,
harbiy tayyorgarlik bo’yicha Rossiya va Franciyani ortda qoldirdi. Mamlakat
armiyasini jangovor holatga keltirish rejasi 1914 yil 31 martdayoq tayyorlab
qo’yilgan edi. Bu narsa Germaniyaga  juda qo’l kelar edi. Chunki u o’z
raqiblaridan ustunlikka erishgan va  urushni boshlash uchun eng qulay vaziyat
edi. Ushbu  ustunlik ham birinchi jahon urushining tezlashishiga sabab
bo’ldi.
Avstriya imperatori Franc-Iosif(1830-1916) ancha keksaygan va hayotining
so’nggi kunlarini o’kazmoqda edi. U mamlakatning so’nggi  podshoxi bo’lib,
deyarli 60 yil hukmronlik qilgan va avtoritar, yakka hukmronlik davlati
tarafdori edi. Avstro-Vengriya  siyosiy hayotida  uning jiyani, taxt vorisi –
ercgercog Franc-Ferdinandning ahamiyati katta edi. U Serbiyani tor-mor
qilish va bosib olish rejalarini tuzayotgan harbiy  partiyaning rahbari edi.
1914 yil iyun oyi so’ngida Franc-Ferdinand Serbiyaga bostirib kirishga hozirlik
ko’rayotgan Avstriya qo’shinlarini ko’rikdan o’tkazish uchun Bosniyaga borishga
qaror qiladi.
Sarayevo shaxri bo’ylab sayohati chog’ida  Franc-Ferdinand va uning xotini serb
armiyasi oficerlaridan tuzilgan  “Qora qo’l” tashkiloti a’zolari
tomonidan o’ldiriladi.
Berlin va Vena uchun xuddi shunday bahona kerak edi. Boshqa vaziyatda nizoni
balki diplomatik yo’l bilan hal qilsa bo’lar edi, ammo sodir bo’lgan bu voqea
Germaniya va Avstro-Vengriya  uchun qulay paytda urushni boshlash
imkoniyatini tug’dirdi. Berlinda Rossiya hali urushga tayyor  emasligini
bilsalar-da, Rossiya o’zining imkoniyatlarini safarbar qila olishini  va
ittifoqchilar topa olishini ham yaxshi anglar edilar.
Avstro-Vengriya hukumati Germaniya hukumati bilan maslahatlashib, 1914 til
23 iyulda   Serbiyaga ultimatum berdi. U o’zini hurmat qiladigan hech bir
davlat qabul qila olmaydigan qo’pol va keskin uslub bilan bitilgan edi. Berlin
va Venadagilar xuddi shunday bo’lishiga umid bog’lagan edilar. Rossiyaning
Avstro-Vengriya va germaniyani tinchlantirishga urinishlari behuda ketdi. Jang
shiddat bilan yaqinlashib kelar edi. Urush bombasi Yevropada, uning portlovchi
o’zagi esa Sarayevoda  edi. Bu bomba malgam portladi. 1914 yil 29 iyulda   
Rossiya imperatori Nikolay II harbiy safarbarlik haqidagi buyruqni imzoladi. 
1 avgust  kuni ham Germaniya safarbarlik e’lon qildi va shu kiniyoq
Rossiyaga  urush ochdi. Rus-german urushi boshlandi. 1914 yil 3 avgustda 
Germaniya Franciyaga urush e’lon qildi. 4 avgustda esa Angliya
Germaniyaga urush e’lon qildi. Urush g’ildiragi shiddat bilan aylanib ketdi.
1914 yil 23  avgustda Yaponiya Germaniyaga urush elon qildi va uning Xitoydagi
bir qator yerlarini, shuningdek, Tinch okeanidagi Germaniyaga qarashli
bo’lgan bir qancha orollarini bosib oldi. Turkiya kutilganidek Germaniyani
qo’llab-quvvatladi.1914 yil 22 iyulda Turkiya harbiy vaziri  shu haqda malgam
berdi. 1914 yil 2 noyabrda Rossiya, 5 va 6 noyabrda esa Angliya va Franciya
Turkiyaga urush e’lon qildi. Nihoyat uzoq kelishuvlardan so’ng   1915 yil 23
mayda Italiya Avstro-Vengriyaga urush e’lon qildi. Shu  tariqa birinchi jahon
urushi boshlanadi.
                           Urushning sabablari                           
     Urushning eng asosiy sabablari
bu – Yevropa davlatlarining  ikki harbiy-siyosiy guruhi – Antanta va Uchlar
ittifoqi o’rtasida dunyoni qaytadan bo’lib olish uchun kurash va jahon bozorida
ta’sir doiralarini qaytadan bo’lib olish , yangi yerlar zabt etish uchun kurash
edi.
Har bir urushayotgan davlatning ma’lum bir  maqsadi bor edi. Germaniyaning
asosiy maqsadi Angliya va Franciyaning mustamlakalarini bosib olish, Franciya
va Rossiyani kuchsizlantirish, Yevropa va Osiyoda( Sharqiy O’rta Yer dengizi
mamlakatlari, Turkiya) o’z hukmronligini o’rnatish edi.
Avstro-Vengriya  -  Bolqonda ta’sir doirasini kengaytirish, zulm ostidagi
slavyan xalqlarining  milliy-ozodlik  harakatini bostirish;
Angliyaning asosiy maqsadi Germaniyani  kuchsizlantirish, uning
mustamlakalarini bir qismini bosib olish, Usmoniylar imperiyasini bo’lish
edi.
Franciyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish Germaniyaning Elzas
va Lotaringiya, Saar viloyatlarini, Reyn viloyatining bir qismini qaytarib
olish;
Rossiyaning asosiy  maqsadi Bolqonda va Bosfor hamda Dardanel  bo’g’ozlarida
o’z hukmronligini o’rnatish, Germaniyani kuchsizlantirish,  Avstro-
Vengriyaning Bolqondagi hukmronlik havfini bartaraf etish;
Italiyaning asosiy maqsadi Afrika va Bolqonda yangi hududlar egallash edi.
               Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari               
Hali urush boshlanishidan ko’p vaqt o’tmay, Antanta davlatlari o’rtasida
kelajak o’ljani qay tarzda bo’lib olish haqida muzokaralar boshlanib ketdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov ittifoqchi davlatlarlar elchilari
Paleolog va Byukenenga dunyoni urushdan keyen bo’lish rejalarini topshirdi.
Bu dastur Germaniya va uning ittifoqchilarini to’la mag’lubiyatga uchratishni
ko’zda tutar edi. Uning mazmuni quyidagicha edi:
1)Ittifoqchilarning eng asosiy maqsadi Germaniyaning harbiy qudratini
sindirishdan iborat; 2)hududiy o’zgarishlar faqat milliy asosda o’tkazilishi
lozim; 3)Rossiya ixtiyoriga Nemanning  quyi oqimi va  Sharqiy Galiciya
o’tishi kerak edi; Poznan, Sileziya va  G’arbiy Galiciya Polshaga o’tishi
kerak edi(uni Rossiyaga qaram davlat sifatida tiklash mo’ljallangan edi);
4)Franciyaga Elzas-Lotaringiya  qaytarib berilar,Reyn viloyati va
Palatinatning bir qismi berilar edi; 5)Belgiyaning hududi Germaniya hisobiga
kengaytirilar edi; 6)Shlezvig va Goldshtein Daniyaga qaytarib berilar edi;
7)Prussiya tomonidan 1866 yil  anneksiya qilingan  Gannover qirolligi qayta
tiklanishi kerak edi; 8)Avstro-Vengriya uch davlat – Avstriya, Vengriya va
Chexiyadan iborat   monarxiyaga aylantirilishi lozim edi; 9)Serbiyaga Bosnia,
Dalmaciya, Gercegovina va Shimoliy Albaniya  berilishi kerak edi;10) Serb
makedoniyasi Bolgariga berilishi kerak edi; 11) Valona Italiyaga, Janubiy
Albaniya Greciyaga  berilar edi;12) German mustamlakalari Angliya, Franciya
va Yaponiya o’rtasida bo’lib olinishi kerak edi; 13)Germaniya va Avstriyadan
kontributciya undirib olinishi kerak edi.
Bu dasturdan ko’rinib turibdiki Rossiya asosan  o’zining  manfaatlaridan
kelib chiqqan holda bu masalaga yondoshgan. 26 sentyabrda Rossiya qo’shimcha
talab bilan chiqdi. U Rossiya kemalarining  bo’g’ozlardan erkin, hech qanday
to’siqsiz  kechishini  ko’zda tutar edi. Lekin  rus hukumati Turkiya hududini
bosib olish  davo’larini hali qilmagan edi.
Turkiyani  bo’lib olish masalasini ilk bor ingliz diplomatiyasi ilgari surdi.
Sazonovning dasturiga o’z munosabatlarini bildira turib, Angliya tashqi
ishlar vaziri Grey:”Agar Turkiya Germaniyaga qo’shilsa,  bu davlat barham
topishi kerak”- dedi. U tinchlik dasturiga   german flotinig topshirilishi,
Kil  kanalining neytrallashtirish, Italiya va Ruminiyaning manfaatlari
hisobga olinish kabi qo’shimchalar qo’shilshi  kerakligini ta’kidladi. Lekin
Grey Franciyaga Reyn viloyati berilishiga qarshi chiqdi. Shunday  qilib
urushning dastlabki kunlaridan  ittifoqchilar o’rtasida  mustamlakalar
borasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi.
Turk merosini bo’lib olish borasida 1914 yilning o’zidayoq diplomatik kurash
avj   oldi. Ruslar uchun Turkiyaga zarba berishning eng qulay yo’li  Erondan,
turklarning o’ng qanotini aylanib o’tib zarba berish edi. Ingliz hukumati
bunga yo’l  qo’yishni istamas edi. Grey rus elchisi Bekkendorf bilan
suhbatida uni shu narsaga ishontirishga harakat qilar ediki, rus hukumati
Eron hududidan Turkiyaga qarshi urushda foydalanmasligi kerak edi. Uning
fikricha Rossiya o’z kuchlarini german frontidan chalg’itmasligi kerak edi.
Germaniya bilan kurash  Turkiya bilan urushning natijasini hal qilar edi. U
agar Germaniya mag’lubiyatga uchratilsa, Konstantinopol(Istanbul) va
bo’g’ozlar masalasi Rossiya foydasiga  hal qilinishini  takidlaydi.
Oradan ko’p o’tmay  Greyning fikrini Angliya qiroli Georg V ta’kidladi. Lekin
1914 yil 14 noyabrda rus hukumatiga  yuborilgan  rasmiy  notada  birinchi
o’rinda Rossiya bor kuchini german frontiga yuborishi, turk frontida esa
faqat mudofaa bilan cheklanish kerakligi  haqida gapirilar edi. Bo’g’ozlar va
Stambul masalasi esa Rossiya roziligi bilan yechilishi kerakligi ta’kidlanar
edi. Bu nota uncha ham ishonchli emas edi.
G’arbiy frontda qiyin vaziyat yuzaga kelgani sababli ittifoqchilar
qo’mondonligi dushmanni yengish uchun boshqa malgamc  yo’l izlay boshladilar.
1915 yil 25 fevralda  ingliz va francuz kemalari Dardanel  bo’g’ozi
kiraverishida joylashgan fortlarni o’qqa tuta boshladilar.Dardanel
operaciyasi muvaffaqiyat qozonishiga ishonib, Greciya bosh vaziri Venizelos
Greciya Antanta tarafida urushga kirishi va Dardanel bo’g’oziga desant va
flot yuborishga tayyor ekanligini aytdi. Chor hukumati bundan juda
hadiksiradi va Konstantinopol greklar qo’liga o’tib ketishidan  qo’rqib
Greciyaning urushda qatnashishiga keskin norozi bo’ldi.
Lekin Greciya qiroli  Konstantin Germaniyani qo’llab-quvvatlar va neytralitet
tarafdori edi. U 1915 yil 6 martda Venizelosni iste’fo berishga majbur qildi.
Greciya neytral bo’lib qoldi.
Agar Dardanel  operaciyasi muvaffaqqiyat qozonadigan bo’lsa,  bo’g’ozlar
ustidan nazorat Angliya va Franciya qo’liga o’tar edi. Angliya va Franciya
Rossiyaga berilgan va’da, yani Dardanel va  Bosfor bo’g’ozlari hamda
Konstantinopolni berishni biror bir rasmiy hujjat bilan mustahkamlashga
shoshilmas edilar.
                   Germaniyaning bosqinchilik rejalari                   
Germaniyaning bosqinchilik rejalari o’z darajasiga ko’ra Antanta
davlatlarining rejalaridan ham kengroq edi.German hukmron doiralari dunyoni
tubdan o’zgartirishni talab qilar edilar. German hukmron doiralari  orasida
paydo bo’lgan ikki hujjat diqqatga sazovor:oltita eng yirik Germaniya
iqtisodiy tashkilotlari chiqargan memorandum va  olimlar memorandumi. Olti
eng yirik iqtisodiy tuzilmalar memorandumi quyidagilarni nazarda tutar edi:
ingliz, francuz, belgiyaliklar va boshqa davlatlarning mustamlakalarini bosib
olish; Antanta davlatlari bo’yniga reparaciyalar yuklash; Belgiya ustidan
protektorat o’rnatish; Franciyaning La-Manshdan Somma daryosigacha  bo’lgan
hududlarini qo’shib olish; temirga boy Brieyni, Verden, Vogez va  Belfor
qasrlarini bosib olish. Shu bilan birga ushbu hududlarda bosib olingan yirik
va o’rta  yer mulklarni musodara qilish va ularni nemis oficerlari qo’liga
berish ko’zda tutilgan edi. Haqiqiy yer egalarining zararlari esa Franciya
hisobiga qoplanar edi.
Yevropaning sharqida ham yirik hududlarni Rossiya hisobiga qo’lga kiritish
ko’zda tutilgan edi. Hujjat tuzivchilarning fikricha urushdan so’ng
sanoatning rivojlanishi uchun yirik agrar  baza kerak bo’lar edi.Shuning
uchun ulkan yer resurslari talab qilinar edi. Yuqorida keltirilgan hujjat
o’sha paytda paydo bo’lgan minglab shu kabi hujjatlardan biri bo’lib,
ularning ba’zilari matbuotda e’lon qilinar, ba’zilari faqat hukmron doiralar
uchun mo’ljallangan edi.
Germaniyaning hukmron doiralari buyuk davlatchilik shovinizmi bilan mast
edilar va butun dunyoda Germaniya hukmronligini o’rnamoqchi edilar. Ammo
o’zlarini ko’klarga ko’tarib maqtaydigan ba’zi kishilardan farqli o’larog
Germaniyaning o’sha paydagi kancleri  Betman-Goltbeg  ehtiyotkor siyosat
tutdi va o’z chiqishlarida Germaniya bosqinchilik urushi  olib bormasligini
ta’kidlar edi.Ammo  haqiqatda esa u juda katta hududlarni Germaniya qo’l
ostida birlashtirishga qaror qilgan edi.
                              
                1914-1917 yillardagi  jangovor  harakatlar                
Germaniya qo’mondonligi harbiy harakatlar rejasiga muvofiq 4 avgust kuniyoq
Belgiyaga asosiy hujumni boshladi.Bu yerda mudofaani yorib o’tish va
Yevropaning hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan sanoat rayonlarini egallab, bir
hamla bilan urushni yakunlash nazarda tutilgan edi. Germaniya qurolli kuchlari
shiddatli hujum natijasida bir necha hafta mobaynida deyarli jangsiz Belgiyani
bosib o’tdilar va Franciya hududiga kirib, Sena daryosi irmog’i bo’lgan  Marna
sohillariga  chiqdilar.1914 yilning 5-12 sentyabr kunlari Marna bo’yida
francuz va nemis qo’shinlari  o’rtasida og’ir jangler bo’lib o’tdi. Unda nemis
qo’shinlari mag’lubiyatga uchradilar.
Sharqiy Prussiyada rus askarlarining hujumga o’tganligi nemis qo’shinlarining
mag’lubiyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Rus armiyasining hujumi
dastlab muvaffaqiyatli boshlandi. U Galiciyani egallab, Sharqiy Prussiya
hududiga yorib kirdi.Germaniya qo’mondonligi rus qo’shinlarining hujumini
qaytarish uchun askarlarining bir qismini Marna bo’yidan Prussiyaga
tashlashga majbur bo’ldi.
     1914 yil oktyabr  oyida turkiyaning urushga kirishi munosabati bilan
Kavkazorti, Mesopatamiya, Suriya va  Falastinning   sharqiy chegarasida  yangi
frontlar vujudga keldi. Ammo turk armiyasi urushga tayyor bo’lmaganligi sababli
Kavkazortida rus qo’shinlaridan bir qator og’ir mag’lubiyatlarga uchradilar.
     1915 yil 23 mayda  Italiya Antantaga qo’shildi, o’sha yil oktyabr oyida
esa Bolgariya Germaniya-Avstriya ittifoqiga qo’shildi.
Marna bo’yidagi janglarda mag’lubiyat alamini tortgan ittifoqchi qo’shinlar
Germaniyaning sherigi Turkiyani urushdan chiqarish uchun dengizda bir qator
operaciyalarni malgam oshirdilar. 1915 yil fevral oyida ingliz – francuz
floti Turkiyaning Dardanel  bo’g’ozidagi istehkomlarni bombalashga kirishdi.
Ammo bu hujumlar ko’zlangan natijani bermadi. Bu operaciya davomida 200
mingdan ortiq kishi halok bo’ldi va yaralandi. Natijada ana shu hamla
tashabbuskori, Angliya harbiy flotining birinchi lordi Uinston Cherchill
vazifasidan chetlashtirildi.Shundan keyen  uning siyosiy faoliyatida 25 yil
tanaffus bo’ldi.
Shu bilan faol jangovor harakatlar to’htab  qoldi. Butun yil davomida
mantiqsiz turg’un urush davom etdi. Tomonlardan hech biri vujudga kelgan
vaziyatni buzishni istamas edi. Lekin, diplomatlar faol ish olib bordilar.
Dardanell operaciyasining boshlanishi munosabati bilan Rossiya tashqi ishlar
vaziri Sazonov ittifoqchilardan rasmiy majburiyat, yani Turkiya atrofidagi
bo’g’ozlarni berishni talab qildi. U agar Rossiyaning ittifoqchilari o’z
majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsalar u istefo berishga majbur
bo’lishini aytdi. Bu shuni anglatar ediki uni Germaniya bilan ittifoqchi
bo’lish tarafdori bo’lgan kishi bilan almashtirishlari mumkin edi.Ba’zi bir
ma’lumotlarga ko’ra o’sha paytda rus podshosi saroyida qirolicha
boshchiligida nemis saroyini qo’llab quvatlovchi katta firqa mavjud bo’lgan.
1915 yil 12 martda Angliya rasmiy nota orqali Konstantinopol  va  unga
tutashgan hududni,Bosfor va Marmar dengizining g’arbiy qismini, Gallipol
yarim orolini, Janibiy Frakiyani Rossiyaga berishini tasdiqladi. Lekin
Rossiya bu hududlarni faqatgina Angliya va Franciya Turkiyaning Osiyodagi
mustamlakalarni bosib olsalargina, egalik huquqini olar edi. Rossiyaning
qo’liga  bo’g’ozlar  o’tishi evaziga Angliya Eronning neytral deb e’lon
qilingan hudidini olishi kerak edi.Bu esa Angliya qo’liga cheksiz neft
zaxiralarining o’tishiga olib kelar edi.
Franciya esa Turkiyaga juda katta investiciyalar kiritgan edi. Shuning uchun
Turkiyani bo’lib tashlash rejasiga Franciya salbiy munosabat bildirgan
edi.Ammo Turkiyaning Osiyodagi  yerlaridan katta ulush olishini mo’ljallagan
Franciya hukumati 10 aprel kuni ingliz-rus shartnomasi shartlariga rozi
bo’ldi.
Dardanel bo’yidagi operaciyaning barbod bo’lishi Antanta  ittifoqchilarini
G’rbiy frontdagi jangovor harakatlarga qaytishga majbur qildi. Germaniya ham
Franciya hududida hal qiluvchi jangga kirishishni va uning qarshiligini
sindirishni rejalashtirdi. Germaniya bosh shtabi Franciyaga uning eng mustahkam
mavqei – Verden qal’asi orqali hujum uyushtirishga ahd qildi. 1916 yil  21
fevralda germaniyaning 5-armiyasi ulkan harbiy operaciyani boshladi.
Hujumdan oldin francuz istehkomlari to’plardan shiddatli o’qqa tutildi. Krupp
zavodlarida tayyorlangan va uning qizi Berta nomi bilan  “Katta Berta “deb
atalgan o’ta kuchli to’plar bilan jami 850 ta og’ir to’p ishga tishdi. Jangda
Evropaning eng qudratli ikki armiyasi yuzma-yuz keldi. Milliy g’urur tuyg’usi
junbushga keldi.Franciya qo’mondonligi bir qadam ham chekinmaslikka buyruq
berdi, askarlar so’nggi nafaslarigacha  jang qildilar.Verden Franciyaning va
francuz armiyasining ruxini ko’tardi. Verden ostonalaridagi jang 1916 yil
21 dekabrgacha davom etdi va ikkala tomonga ham katta talafotlar keltirdi.
Franciya va Germaniya bu yerda 700 mingdan ortiq askar yo’qotdi.
Verden jangining yakunida Rossiya armiyasi katta rol o’ynadi. Bu yerdagi
janglarning hal qiluvchi bosqichi general  Brusilov qo’mondonligidagi rus
armiyasining Janubiy-G’arbiy frontga hujum boshlashi va Avstriyaning 1,5
millonga yaqin askar va zobitini yo’q qilishi bilan yakunlandi.Shundan so’ng
Avstro-Vengriya amalda jangovor harakatlar qilish qobiliyatini yo’qotdi,
Germaniya esa tezda bu frontga o’zining asosiy zaxira kuchlarini tashlashga
majbur bo’ldi.
Verden ostonalarida jang davom etayotgan bir paytda  Antanta ittifoqchilari
Somma  daryosi bo’yida Verdendan 250 km va La-Manshdan 90 km bo’lgan ingliz
mudofaa sektorida hujum boshladilar. Britaniya to’plari deyarli etti kun
davomida  german qo’shinlarini o’qqa tutdi.1916 yil 1 iyulda  Britaniya
ko’ngilli askarlari hujumga tashlandilar.Ularning soni 100 mingdan ortiq edi,
ammo inglizlarning hujumi yerga chuqur ko’milgan nemis pulemetlarining
shiddatli o’tiga duch keldi. Nemislarning talafoti ko’p edi, ammo inglizlar ham
jami o’lganlar va yaralanganlar bilan  50 mingdan  ortiq kishini yo’qotdilar.
Bu mantiqsiz qonli qirg’inda  hech qaysi tomon muvaffaqiyatga erisha olmadi.
1916 yili Yevropada hammasi bo’lib 2 milliondan ortiq kishi halok bo’ldi,
ammo urushda o’zgarish bo’lmadi.Germaniya va Avstro-vengriya moddiy manbalari
yugab borardi. Ingliz flotining ustunligi sababli dengiz tomonidan qilingan
qamal nihoyatda samarali bo’ldi. Qamal tufayli Germaniya oziq-ovqat va
malgamc xom-ashyolarning  o’zidagi zaxiralari bilan kifoyalani9shga majbur
bo’ldi. Bu esa surunkali urush olib borish uchun yetarli emas edi. Antantaga
esa AQSh yordam berar va u o’z  mustamlakalari manbalaridan erkin foydalanish
imkoniyatiga ega edi.
Rossiyadagi ahvol juda og’ir edi. Uning hom – ashyosi va inson manbalari
yetarli bo’lsa-da, iqtisodiy qoloqlik ulardan samarali foydalanish imkonini
bermas edi. Transport tizimining tamomila  izdan chiqqanligi, harbiy
idoralardagi o’g’rilik, harbiy-siyosiy va iqtisodiy tuzulmalarning eskirgan
tizimi va tartibsizliklar Rossiyani iqtisodiy va siyosiy inqiroz eshigiga
olib keldi.
                    Bolgariyaning urushga qo’shilishi                    
Italiyaning siyosiy orientaciyasi va Uzoq Sharqdagi  kurash bilan birga
Bolqon uchun kurash ham avj olib ketdi.Bu yerda Bolgariyaning  ahmayati katta
edi. Birinchidan Bolgariya  eng katta armiyaga ega edi. Ikkinchidan o’zining
qulay geografik yerda joylashganligi sababli u ham Serbiyaga , ham Greciyaga
va Ruminiyaga qulay hijum qilish uchun placdarm edi.Agar  Bolgariya Germaniya
tarafida urushga kirsa, u holda Serbiya zarba ostida qolar edi va
Ruminayaning Antantaga  kirishinni qiyinlashtirar edi.Agar Bolgariya
Antantaga qo’shilsa, u holda serbiya uchun yordam taminlanar edi va Greciya
va Ruminiya Bolgariyadan namuna olar edilar.
Shunday qilib 1914 yildagi urush holatida Bolgariya butun Bolqon yarim
orolining kalitiga aylandi.Shuning uchun urushayotgan davlatlar urushning
dastlabki kunlaridan bolgariyani o’ztaraflarida urushni boshlashga harakat
qildilar.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov  shuning uchun ham Bolgariyani
Rossiya tarafiga og’dirish uchun  ko’p zo’r berdi. Antanta Bolgariya bilan
kelishuvga faqat bir holda erishishi mumkin edi.Bu ham bo’lsa Serbiya va
Greciyani 1913 yil Bolgariyadan tortib olgan hududlarni qaytarib berishga
ko’ndirish edi.Sazonov 1914 yil avgust oyidan boshlab serb va grek
hukumatlariga Bolgariyaga ba’zi bir yon berishlarga borishini so’rab murojaat
qilgan edi. Ammo Greciyadan buni so’rash mantiqqa to’g’ri kelmas edi.Bu narsa
faqat Greciya qiroli boshchiligidagi Germaniya tarafdorlari poziciyalarini
mustahkamlar edi.Qolaversa  Greciya Bosh vaziri Venizelos  Antanta tarafdori
bo’lsa-da, Greciya urushga o’zining ashaddiy dushmani bo’lgan Bolgariga
hududiy yon bosishlar evaziga   kirmasligi aniq edi.
Antantaning Serbiyadan umidi katta edi.serbiya urushga kirgan edi. Va neytral
Greciyaning axvoliga ko’ra uning axvoli qiyinroq edi.serbiya bosh vaziri
Pashich Bolgariyaga serb Makedoniyasini berishga qaror qildi, buning evaziga
agar Antanta g’alaba qozonadigan bo’lsa, Serbiya  Avstriyaga tegishli bo’lgan
bir qator janubiy slavyanlar yashaydigan hududlarni olishi kerak edi.Ammo
bunday noaniq vadalar bilan Bolgariyani ko’ndirish juda qiyin edi.Bolgariya
Antanta tarafida urushga kirishi uchun makedoniyani talab qilayotgan
edi.Bunga serblar “Makedoniyaning bir qismini bolgarlarga berguncha, butun
Serbiyani Avstriya  bergan maqul “ deb javob berdilar.
Germaniyaning Bolgariyadagi ta’siri juda katta edi.qirol Ferdinand  ularning
tatafida edi.Urushning birinchi kunlaridanoq Germaniya va Avstriya
Bolgariyani Serbiyaga hujum qilishga undab kelayotgan edi.Germaniya va uning
ittifoqchilari Bolgariyaga  butun Makedoniyani, eski Serbiyani va agar
Ruminiya Antantaga qo’shilsa, Janibiy va Shimoliy Dombrudjani berishga vada
berdilar.Ammo Bolgariya hali urushga tayyor emas edi. Bolgariya neytral
vaziyatda qolishni afzakl topdi.
Bolgariya uchun bo’lgan kurashning natijasini harbiy vaziyatning o’zgarishi
hal qildi. Dardanel operaciyasining mag’lubiyatga uchrashi, rus armiyasining
sharqiy frontdagi og’ir mag’lubiyati va Avstriya va Germaniya qo’shinlarining
Serbiyaga qarshi katta qo’shin yuborishi ham bolgar hukmron doiralarining
qo’rquvini bosdi. Qirol Ferdinand  va uning tarafdorlari katta o’ljalar vada
berayotgan, ammo Bolgariya uchun havfli bo’lgan Germaniya tarafida urushga
kirishga qaroq qildilar.1915 yil 3 sentyabr kuni Turkiya – Bolgariya, 6
sentyabr kuni esa Bolgariya, Germaniya va Avstro-Vengriya o’rtasida  o’zaro
ittifoqchilik to’g’risida shartnoma imzolandi. Shunday qilib “To’rtlat
ittifoqi” tuzildi.
Greciya borasida ham qiyinmasala turar edi.U kim tarafida urushadi? Germaniya
tarafidami yoki Antanta? 1915 yil avgustda Greciya parlamentiga saylovlar
natijasida hukumat tepasiga yana  Venizelos keldi. O’sha yili sentyabrda
Bolgariyaning Serbiyaga hujum qilish xavfi tug’ilganda grek bosh vaziri
Serbiyaga  yordam berishi haqida aytdi, lekin buning uchun ittifoqchi
davlatlar Salonikiga 150 ming kishilik armiyani jo’natishlari kerak edi.
Franciya va Angliya Venizelosning ushbu taklifini qabul qildilar. Ammo
francuz qo’mondoni  Joffer bunga qattiq qarshilik ko’rsatdi. Aytilgan
qo’shinga 22 ming kishi yetmas edi.Greciya bilan ittifoqchilar o’rtasida
muzokaralar olib borilayotgan vaqtda grek qiroli ikkinchi marta Venizelosni
lavozimidan ozod etdi va Greciya yana o’z neytralitetini e’lon
qildi.Salonikiga hali bor yo’g’i  80 ming kishilik armiya tashlangan edi.
Bundan foydalangan Bolgariya qo’shinlari 14 oktyabr kuni Serbiyaga hujum
qildi. Bir paytning o’zida shimol tarafdan Avstro-Vengriya va Germaniya
qo’shinlari hujumga o’tdi. Ittifoqchilarning  Salonikidagi qo’shinlari
Serbiyani qutqarib qola olmadi.Serbiya armiyasi to’la mag’lubiyatga uchradi
va uning qolgan qutgan qismi Korfu oroliga evakuaciya qilindi.
                  Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya                  
Yevropadagi urush Yaponiya uchun qulay vaziyat tug;dirar edi. Buning
natijasida Yaponiya Germaniyaning  Xitoydagi va Tinch okeanidagi
mustamlakalarini bosib oldi.1914 yil Yaponiya Xitoyga qarshi hal qiluvchi
jangga tayyorlana boshladi.
!914 yil dekabr oyida Yaponiya tashqi ishlar vaziri Kato yapon siyosatining
mazmunini ommaga anglatish uchun nutq so’zladi. 1914 yil 15 avgust kuni
Yaponiyaning  Germaniyaga qo’ygan  ultimatumiga  ko’ra Yaponiya o’sha paytda
Germaniyaga tegishli bo’lgan  Czanchjouni  Xitoyga qaytarib berish maqsadida
olayotganini malum qilgan edi. Endi esa Kato bu taklif Germaniyaga  faqat
mojaroning tinch yo’l bilan hal  qilish umidida  qilinganligini takidlaydi.
Nemislar bu taklifga ko’nmadilar va “endi Czanchjou taqdiri urush tugagandan
so’ng hal qilinadigan bo’ldi.Yaponiya hech bir boshqa chet davlat oldida ushbu
masala yuzasidan majburiyat olgani yo’q.” [1]
Umuman olganda Yaponiya  Uzoq Sharqda  faqat Germaniya yerlari bilan
cheklanib qolmas edi. Gap butun Xitoyning taqdiri haqida ketayotgan edi.1915
yil 18 fevral kuni Xitoy hukumatiga yaponiyaning rasmiy notasi
jo’natiladi.Unda Yaponiyaning Xitoyga  5 qismdan iborat bo’lgan 21 moddali
talablari  joy olgan edi.
Talablarning birinchi guruxi Shandunni Germaniya tasir doirasidan Yaponiya
tasir doirasiga aylantirishni ko’zda tutar edi. Bu gurux talablarning eng
muximida shunday  deyilardi:”Xitoy hukumati Shandun provinciyasi borasida
Yaponiya va Germaniya qandat qarorga kelishidan qat’iy nazar ilgari Germaniya
bilan tuzilgan kelishuvlar, shartnomalar sababli hamma shartlarga to’la
rozilik berish majburiyatini oladi.
Talablarning ikkinchi guruxi esa Shandun provinciyasi boshiga tushgan
taqdirni sharqiy Mo’g’uliston, Janibiy Manjuriya  boshiga solishni nazarda
tutar edi. Port-Artur, Janibiy Manjuriya va Andun-Mukden temir yo’llarining
ijaraga olish muddati yana 99 yilga cho’zilishi ko’zda tutilgan edi. Undan
tashqari yapon fuqarolari  Janubiy Manjuriya va Sharqiy Mo’g’ulistonda yangi
yerlar sotib olish, ushbu hududlarga erkin ko’chib kelish va u yerlarda
sanoat, savdo-sotiq va boshqa sohalar bilan shug’ullanish huquqini olar
edilar. Xitoyga  tog’-kon sanoatida Yaponiyaga koncessiyalar berish  taklif
qilingandi. Bundan tashqari Xitoy Yaponiyaning roziligisiz ushbu hududlarda
temir yo’llar qurilishi bo’yicha boshqa davlatlarga koncessiyalar bermaslik
majburiyatini olishi kerak edi.va nixoyat Xitoy Yaponiyaga Girin – Chanchun
temir yo’lini nazorat qilish va boshqarishni topshirishi kerak edi.
Uchinchi gurux talablar esa asosan Xitoydagi yapon korxonalariga katta
imtiyozlar berilishiga qaratilgan edi. Unda asosan Xanyepin kompaniyasi,
ko’mir-metallurgiya kombinatini  aralash  xitoy-yapon jamiyatiga aylantirish
mo’ljallangan edi. Yaponiyaning roziligisiz Xitoy o’z tashabbisi bilan bu
kompaniyaga berilgan haq-huquqular va  mol-mulkdan foydalanoshi taqiqlanadi
va ushbu vakolat Yaponiya uchun 2007 yilgacha berilishi kerak edi.Xanyonin
kompaniyasiga  uning korxonalari atrofida joylashgan tog’-kon resurslaridan
foydalanishga monopol huquq berilgan edi.
To’rtinchi gurux talablarda oldingi talablarning kafolati tarzida Xitoyning
hududiy yaxlitligini taminlash  haqida gap borar edi. Aslida esa bu
Yaponiyaning Xitoyda gegemonligini taminlashiga qaratilgan tadbir edi.
Lekin eng qiyin talablar beshinchi gurux talablar edi.Ushbu talablarning
qabul qilinishi Xitoyning Yaponiya protektoratini qabul qilishni
anglatardi.ulkardan asosiylari quyidagilar:”1-modda. Xitoy hukumati muhim
iqtisodiy, siyosiy va harbiy ishlar bo’yicha yapon mutaxasislarini
maslahatchi tarzida taklif qiladilar.” 3-modda.”Xitoyning markaziy joylarida
policiya yaponlar va xitoylar tomonidan boshqarilishi yoki  u yerda
policiyachilar asosan yaponlardan iborat bo’lishi kerak .”  4-modda.”Xitoy
Yaponiyadan Xitoy hukumatiga kerak bo’lgan malum  miqdordagi qurol-aslaha
sotib oladi(umumiy talabning 50% miqdorida)yoki Xitoyning o’zida yapon-xitoy
arsenali yaratiladi.Bu maqsadda Yaponiyadan  texnik ekspertlar taklif
qilinishi va yapon  materiallari sotib olinishi mumkin.” Huddi shu yerda
Xitoyning  Fuczyan provinciyasini yapon tasir doirasiga kiritishni nazarda
tutgan modda bor edi.Ushbu provinciya juda qulay geostrategik nuqtada
joylashgan  bo’lib, Yaponiyaning Gonkong va Filippinni susaytirish uchun
yaxshi imkoniyat yaratar edi.Undan tashqari yapon fuqarolari missionerlik
faoliyati bilan shug’ullanish erkinligini beruvchi modda ham bor edi.Agar
Yaponiyaning 21 modda talablari malgam oshsa, Xitoy Yaponiyaga to’la ravishda
bo’ysundirilar edi.
AQSh Yaponiyaning  Xitoydagi harakatlarini cheklashga harakat qildi. Shu
maqsadda AQSh Xitoyga diplomatik yordam ko’rsatdi. 1915 yil mart oyida
AQSh davlat kotibi Brayan Yaponiya hukumatiga uning Xitoyga nisbatan qo’yilgan
talablarga qarshiligi haqida nota yubordi.
Yuan Shikay hukumati yapon hukumatiga o’z javobini aytishga shoshilmas
edi.Buning sababi o’laroq Yaponiya Shandun, Manchjuriya va bir qator joylarda
o’z qo’shinlarini kuchaytirdi.
Xitoy esa qolaversa Yaponiyaning Czyanchouni qaytarishini va kelgusi yapon-
german muzokaralarida xitoyning ham ishtirok etishini so’radi. Buning javobi
tarzida 1915 yil 7 may kuni Yaponiyaning  Xitoyga nisbatan ultimatumi e’lon
qilindi.Unga ko’ra agar Xitoy  Yaponiya  qo’ygan talablarga rozi bo’lmasa,
unda Yaponiya o’zi joiz deb bilgan istalgan chorani qo’llashini aytdi. Ammo
Amerikaning aralashuvidan hadiksirab Yaponiya beshinchi gurux talablaridan
voz kechdi. Faqatgina Funczyan provinciyasiga aloqador modda qoldirilgan edi.
AQSh boshqa yirik davlatlarning aralashuvini tashkil etmoqchi bo’ldi. Ammo na
Angliya, na Rossiya Germaniyaga qarshi urush sharoitida  Yaponiya bilan
janjallashishni istamas edi. 8 may  kuni Xitoy ultimatum shartlarini qabul
qildi.
Oradan bir necha kun o’tmasdan AQSh  Tokioga shuni habar qildiki, AQSh
hukumati Xitoy va Yaponiya o’rtasidagi shartnomani tan olmaydi va ushbu
shartnoma AQSh manfaatlariga to’gri kelmaydi, qolaversa Xitodagi hamma
millatlar haq-huquqlarini poymol etadi.Ammo AQSh  amalda Xitoyga yordam
berish uchun  hech qanday choralar qo’llamadi.
                  Birinchi jahon urushining yakunlanishi                  
Rossiyada fevral inqilobi oqibatida bu davlat urushdan chiqishga majbur
bo’ldi. Buning uchun 1918 yil 3 martda  Brest-Litovsk shaxrida Germaniya
bilan tinchlik shartnomasi imzolandi.Brest-Litovskdagi shartnoma Antanta
mavqeini anchagina kuchsizlantirdi. Germaniya bundan foydalanib hal qiluvchi
zarba berishga ahd qildi.1916 yildan boshlab Germaniya Sharqiy Yevropani o’z
nazorati ostiga olgan, uning barcha boyliklari, ayniqsa, oziq-ovqatidan
foydalanish, o’zining barcha qurolli kuchlarini g’arbiy frontda to’plashga
erishgan edi.Jang deyarli 4 yildan buyon davom etar, tomonlarning hech
qaysisi  hal qiluvchi muvaffaqiyyatga erisha olmagan edi. Front chizig’ining
har ikki tomonida qazilgan handaklar Belgiya soxillaridagi Nyu-Port shaxridan
Ipr, Arras, Albert, Suasson, Reyms va Verdengacha cho’zilgan edi.Ko’plab
qurbonlar berilishi va zaharlovchi moddalar hamda tanklar singari yangi qurol
turlaridan foydalanishga qaramay, urushayotgan tomonlarning muvaffaqqiyat
qozonish uchun jon-jaxdlari bilan qilgan harakatlari hech bir natija
bermadi.
Germaniya qo’mondonligi jangni g’olibona ta’sirchan zarba bilan yakunlashga
qaror qildi. 1918 yil aprel oyida nemis qo’shinlari Antanta mavqelariga
kuchli hujum boshladi. Dastlab ular muvaffaqiyatli hamla qilib, Antanta
qo’shinlari mudofaasini yorib o’tdilar va Marna daryosi sohillariga chiqdilar.
Uzoqqa otadigan to’plar bilan Parijni o’qaa tutdilar. Ammo muvaffaqiyatni
mustahkamlash uchun Germaniya yetarli zaxira topa olmadi.Mamlakat holdan
toygan, armayaning harbiy ruhi cho’kkan, xalq urushdan charchagan edi. Ayni
paytda Antanta AQSh dan to’xtovsiz yordam olib turardi. AQSh “shartnomaga
qo’shilgan mamlakat” sifatida 1917 yil aprel oyida urushga kirgan edi.Germaniya
endi hujum qilishdan ojiz ekanligi ma’lum bo’lib qolgach, Antanta mamlakatlari
barcha frontlarda hujumga o’tadilar va nemis qo’shinlari bosib olgan Belgiya va
Franciya hududidan siqib chiqara boshladilar.
Antanta davlatlarining hujumi 1918 yil avgust oyida boshhlandi. Germaniyaning
g’arbdagi fronti yorib o’tildi va Antanta qo’shinlari uchun Germaniya hududiga
yo’l ochildi.Bolqonda, Saloniki shahri yaqinlarida ittifoqchilarning ko’p
millatli ekspediciya korpusi bolgar qo’shinlari mudofaa chiziq’ini yorib o’tdi
va oktyabrda Dunay soxillariga chiqdi.Avstriya qo’shinlari Vitoriyo Veneto
yaqinida 1918 yil sentyabrida mag’lubiyatga uchradilar. Germaniya
boshchiligidagi To’rtlat ittifoqi harbiy jihatdan mag’lub bo’lib, tarqalib
ketdi.
Germaniya oliy qo’mondonligi shundan keyen mag’lubiyatdan qochib
qutulolmasligini anglab yetdi. Amalda butun hokimiyatni o’z qo’lida tutgan
Germaniya bosh shtabi boshlig’i general E. Lyudendorf Germaniyaning harbiy
mag’lubiyatini tan olmagan holda faxrli tinchlik bitimini imzolash yo’llarini
qidira boshladi. Kelajakda mag’lubiyat mas’uliyati harbiylarga, armiya va
generallarga emas, balki Germaniya armiyasini saqlab qolish uchun bu ishni
hal qilishga hozir bo’lgan fuqaro shaxslar, diplomatlar va amaldorlar
zimmasiga tushishi uchun tezda sulx  tuzulishini talab qilmoqda edi. Ammo
ittifoqchilar, birinchi navbatda AQSH prezidenti Vudro Vilson muzokaralarni
faqat Germaniya demokratik hukumati vakillari bilan olib borishlari
mumkinligini aytib, kayzer Vilgelm hukumati bilan bitim tuzish taklifini
qat’iyan rad etdilar. Lyudendorf  ittifoqchilarning bu taklifini qabul
qilinishini va darhol demokratik asosda yangi hukumat tuzishni yo’qlab
chiqdi.1918 yil oktabyirida shaxzoda Maks Badenskiy  hukumati tuzildi.U
Germaniya xalqi nomidan muzokara olib borishi kerak edi.Ammo Antanta
mamlakatlari hukumatlari buni qabul qilmadi, chunki u kayzerning avtoritar
tartiboti vakili edi.
Bu orada Antanta qo’shinlari barcha frontlarda hujumni kuchaytirdilar va
Germaniya ittifoqchilari birin-ketin taslim bo’la boshladi.
1918 yil 4 oktyabr kuni Chexiya va Slovakiya Avstro-Vengriya tarkibidan
ajralib chiqdi hamda mustaqil Chexoslavakiya davlati tuzilganinin e’lon
qilindi.
28 oktyabrda Serb, horvat va slovenlar qirolligi tuzilganligi e’lon qilindi.
(1918 yildan boshlab Yugoslaviya qirolligi). Shimoliy Bukovina Ukrainaga,
Galiciya Polshaga qo’shliganligini bildirdi
     31 oktyabrda Avstriya va Vengriyada monarxiyalar ag’darib tashlandi hamda
Avstriya va Vengriya  respublikalari tuzildi. Ular Antanta mamlakatlari taklif
etgan yarashuv shartlarini qabul qildilar.
1918 yil 29 sentyabrda Bolgariya, 30 oktyabrda Turkiya, 3 noyabrda Avstro-
Vengriya  taslin bo’ldi.30 oktyabrda Turkiya imzolagan tarashuv bitimiga
ko’ra, uning qo’shinlari arab mamlakatlaridan olib chiqilishi, turk armiyasi
qurolsizlanishi, flot ingliz va francuz boshqaruvi ostiga o’tishi lozim edi.
1918 yil 30 sentyabr kuni Germaniya hukumati AQSh ga yarashuv bitimini
imzolash taklifi bilan murojaat qildi. Ayni paytda qo’shinlar qo’mondonligi
Mamlakat harbiy axvolini yaxshilash uchun yirik dengiz operaciyasini boshlash
haqida qaror qabulk qildi. 30 oktyabrda Germaniya harbiy eskadrasi
1918 yil 9 noyabr kuni Germaniyada respublika e’lon qilindi.Oradan ikki kun
o’tgach, 1918 yil 11 noyabr kuni Parij yaqinidagi Kompyen o’rmonida,
Yevropadagi Antanta qo’shinlari bosh qo’mondoni francuz marshali Foshning vagon
qarorgohida Germaniya hay’ati o’z hukumati nomidan yarashuv haqidagi, amalda
Germaniyaning mag’lubiyati borasidagi bitimni imzoladi.
                                  Xulosa                                  
Birinchi jahon urushi mobaynida xalqaro munosabatlar asosan urushayotgan
mamlakatlar  o’rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi va har bir davlatning hoh
u yirik bo’lsin, hoh u kichik urush paytida vujudga kelgan ba’zi bir qulay
vaziyatlardan foydalanib qolish bilan asoslanadi.Urush davomida va ungacha
bo’lgan paytda asosan ikki blok Antanta  va Germaniya boshchiligidagi
blokning o’zlariga ittifoqchilar axtarish, urushning borishini o’z
foydalariga hal qilish uchun kurash boradi.Ammo voqealar qanday
rivojlanishidan qatiy nazar birinchi jahon urushida hech bir urushyotgan
davlat aytarli yutuqqa erishmadi.Bu urushda bevosita 36 davlat qatnashib,
ularning urushga jalb etgan inson resurslari 70 milliondan oshdi.Qurbon
bo’lganlar va yaralanganlar  soni esa 18 million kishini tashkil etdi.
                         Foydalangan adabiyotlar                         
     1.     “1914 yil 1 avgust”, Yakovlev N. N.,Moskva, Fargus.
     2.     “Yangi va eng yangi tarix”, Popov E. I., Moskva.
     3.     Yevropa tarixi,Koll. avtorov.,M.,1986-1996
     4.     Eng yangi tarix XX asr, Kreder A.A, M., 1996
     5.      Jahon tarixi-eng yangi davr, 1 qism, G.A. Hidoyatov , T.,2000
     
[1] “Mejdunarodniyi otniosheniya.”,seriya iii, t.VI, ch. 11,25 b.